ISTANBUL - TURKIYA

Istanbul - Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul Turkiyaning 81 viloyatidan biridir. Aholisi 16 214 000 kishi (2022-yil). Istanbul Marmar ( Marmara )dengizi va Bosfor bo'g'ozining past-baland sohillarida joylashgan. Bo'g'oz shaharni ikkiga - Osiyo va Yevropa qismiga bo'lib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox (Haliç ) qo'ltig'i sohillarida joylashgan. 1970-72 yillarda Bosfor bo'g'oziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan ko'prik qurilgan. Iqlimi subtropik o'rta dengiz iqdimi, yanvarning o'rtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, o'rtacha yillik yog'in 633 mm.